Toshkent va Qarshida bo‘lib o‘tgan ikki o‘yindan so‘ng U21 Birinchiligining 4-turiga yakun yasaldi. O‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qilgan “Lokomotiv” o‘z darvozasi daxlsizligini saqlagan holda raqiblar darvozasiga ikkita gol kiritib, g‘alabaga erishdi. Qarshida esa “Nasaf” klubi yoshlari yaypanlik tengdoshlari bilan bittadan ochkoni baham ko‘rishdi.
U-21 Birinchiligi. 1-tur
2 aprel, juma
LOKOMOTIV – QIZILQUM - 2:0 (1:0)
Toshkent. TTYMI maydoni. 21 tomoshabin.
Hakamlar: Nayim Qosimov, Ziyoviddin Erkinov, Rustam Tog‘aev
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Muhammad Sodiq
Gollar: Jaloliddin Jumaboev, 36 (1:0), Bobur Sobirov, 90+4 (2:0)
Ogohlantirishlar: Bobirjon Asqarov, 17 – Og‘abek Tojienv, 44, Jahongir Husanov, 67, Ruslan Veklich, 68.
Qarshi. “Mehnatchi” stadioni. 127 tomoshabin.
Hakamlar: Shuhrat Rajabov, Elnur Doniyorov, Zilola Raxmatova
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev
Komissar: Sherzod Rajabov
Gollar: Sardor Sadullaev, 23 (1:0), Abdug‘affor Maxmudov, 71 (1:1)
Ogohlantirishlar: Dilshod Saitov, 65, Ozodbek Rajabov, 82 – Abdulazizxon Abdurashidov, 38, Mirjalol Mirzaev, 46, Rasuljon Abdurahmonov, 86.