Bugun U-21 Birinchiligining 3-tur o‘yinlariga start berildi. Dastlab maydonga “Turon” va “Lokomotiv” jamoalari tushishdi. Rustamjon Azimovning yagona goli yakunda yaypanliklarga g‘alabani taqdim etdi. Olmaliqda esa maydon egalari “Paxtakor”ni qabul qilishdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida har ikkala tomon darvozalariga bittadan to‘p kiritildi. Ikkinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalarida esa mezbonlar Nodirbek Abdurazzoqov goli evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritishdi. Bu esa AGMK yoshlarining vaqtincha turnir jadvali peshqadamligini ta’minladi.
U-21 Birinchiligi. 3-tur
17 mart
TURON – LOKOMOTIV – 1:0
Qo‘qon. BO‘SM-2 maydoni. 587 tomoshabin.
Hakamlar: Ahmadjon Ergashev, Azizbek Isaqov, Shohruh Shokirov, Dostonbek Mirzaraimov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Laziz Qo‘chqorov
Gol: Rustamjon Azimov, 63 (1:0).
Ogohlantirishlar: Rustamjon Azimov, 29, Muhammadhayit Qo‘ldoshev, 45, Azizxon Erkinov, 65, Bekzod Homidov, 86 – Xurshidbek Muxtorov, 39, Ali Abdurahmonov, 90+3.
AGMK – PAXTAKOR – 2:1 (1:1)
Olmaliq. “Metallurg” stadioni. 47 tomoshabin.
Hakamlar: Lochin Dalimov, Husniddin Uralov, Doniyor Abdug‘aniev, Abdullaxo‘ja Saidov
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
Komissar: Bekzod Aripov
Gollar: Sarvar Ablaev, 15-penalti (1:0), Mirkomil Abdurazzoqov, 45+1 (1:1), Nodirbek Abdurazzoqov, 90+2 (2:1)
Ogohlantirishlar: Nodirxon Ne’matxonov, 43, Azamat Intiqboev, 73 – Diyorbek Ortiqboev, 15.