Andijonda kechgan “Andijon” va “Surxon” jamoalari o‘yinidan so‘ng U-21 Birinchiligining 2-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. Turning so‘nggi uchrashuvida mehmonlar maydon egalarini yirik hisobda enga oldi va ikkinchi turdan so‘ng “Bunyodkor” jamoasidan keyin ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
U-21 Birinchiligi. 2-tur
15 mart, dushanba
ANDIJON – SURXON – 0:3 (0:0)
Andijon. BO‘FM maydoni. 191 tomoshabin.
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Abdulhamid Abduraimov, Oyatullo Hakimov, Xushnudbek Suyunboev
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Zoxirjon Akramxonov
Gollar: Asadbek Xamzaev, 67(0:1), Muhammad-ali Abdurahmonov, 68 (0:2), Temur Mamatmurodov, 87 (0:3)
Ogohlantrishlar: Abdulxay Ismoilov, 45, Kemran Najafaliev, 70 – O‘rol Choriev, 68, Temur Mamatmurodov, 87.