“Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi Superkubok bahsidan (1:0) so‘ng “ajdarlar” ustozi Shuxrat Toshpo‘latov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
“Yigitlar oxirigacha kurashdi va buning uchun ularga rahmat aytaman. Golga tortadigan vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, ammo tajriba va mahorat etishmadi. Himoyada kontsentratsiyani yo‘qotganligimiz bois darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Tushkunlikka tushish kerak emas. 3 kundan so‘ng yana “Paxtakor”ga qarshi o‘ynaymiz. Bugungi o‘yindan xulosa chiqarib, Qarshidagi bahsda ijobiy natijaga erishamiz deb o‘ylayman.
Birinchi bo‘limda ham, ikkinchi bo‘limda ham yigitlar harakat qildi. Oxirgi daqiqada ham yaxshi vaziyat bo‘ldi, afsuski, undan foydalana olmadik”, – Toshpo‘latov.