Piter Xyuistra: Kubokni qo‘lga kiritish hamisha yoqimli

“Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi Superkubok bahsidan (1:0) so‘ng “sherlar” ustozi Piter Xyuistra va uchrashuvda kiritilgan yagona gol muallifi  Dragan Cheran matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Xyuistra: - Kubokni yutish hamisha yoqimli. Birinchi rasmiy o‘yin uchun jamoalar yaxshi futbol ko‘rsatishdi. Mavsumni boshlaganimizdan xursandmiz.

Derdiyok keyingi bahsda bizga yordam berishiga umid qilamiz. Bizda oldinda bir necha variantlar bor. Uning o‘rnini to‘ldirish imkoniyatiga egamiz. Mavsum davomida buni namoyish etishga urinamiz.

Jamoalar raqibning kuchli taraflarini zararsizlantirishga intiladi. Raqib ham shunday qilishga urindi. Biz keyinroq tashabbusni o‘z tomonimizga og‘dirdik. O‘yinni nazorat qildik va tartibli o‘yin ko‘rsatdik. Ikkinchi bo‘limda esa ko‘proq hududlar yuzaga keldi.

Cheran: - Kuchli raqibga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazdik. Raqibni jiddiy o‘rgandik va bu bizga foyda keltirdi. “Paxtakor tarixida birinchi marta bu sovringa ega chiqdik. Nomimizni tarixga yozdirib qo‘ydik. Endi yana ushbu jamoa bilan maydonga tushamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb