Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 11-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
Tur doirasidan o‘rin olgan "Buxoro" — "Nasaf" uchrashuvini esa Edita Mirabidova boshqarib boradi. Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yana ayol hakam futzal chempionati o‘yinida faoliyat olib boradi.
BUXORO — NASAF
Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Edita Mirabidova, Anatoliy Rubakov, Xushnud Atamurodov
Nazoratchi: Faxriddin Murodov
"O‘zbekiston" sport majmuasida kechadigan uchrashuvlar Sport telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.