
Hozirgina O‘zbekiston Coca Cola kubogi finali doirasida AGMK hamda “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Namangandagi “Markaziy” stadionda kechgan uchrashuvda “sherlar” 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Dragan Cheran dubl qayd etgan bo‘lsa, Jaloliddin Masharipov VARdan so‘ng belgilangan penaltini “Panenka” uslubida amalga oshirib, bellashuvga “yakuniy nuqta”ni qo‘ydi.
Shu tariqa, “Paxtakor” o‘z tarixida 13-marta mamlakab kubogini qo‘lga kiritdi. Toshkentliklar 1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011 va 2019 yillarda ham billur sovrin egasiga aylanishgan edi.
O‘zbekiston Coca Cola kubogi. Final
20 dekabr, yakshanba
Namangan. "Markaziy" stadion. 3579 tomoshabin
Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Serazitdinov, Ruslan Samandarov, Shavkat Nasibullaev
Nazoratchi: Vladislav Tseytlin
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Gollar: Dragan Cheran, 28 (0:1), Dragan Cheran, 46 (0:2), Jaloliddin Masharipov, 59 pen (0:3)
AGMK: Valijon Rahimov, Akmal Shorahmedov, Sardor Rahmonov, Dilshod Jo‘raev (Jasurbek Umarov, 74), Elguja Grigalashvili (Arslanmirat Amanov, 62), Murodjon Toshmatov (Saydullo Rahmatov, 46), Bahrom Abdurahimov (Mirjamol Qosimov, 74), Mate Vatsadze (Zafar Polvonov, 62), Yovan Jokich, Boburbek Yuldashov, Husniddin G‘ofurov.
“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Akramjon Komilov (Vladimir Kozak, 89), Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Javohir Sidiqov, 83), Egor Krimets, Dostonbek Hamdamov (Xojimat Erkinov, 72), Odiljon Hamrobekov, Abrorbek Ismoilov (Sardor Sobirxo‘jaev, 72), Eren Derdiyok.
Ogohlantirish: Sardor Rahmonov, 58.