
Coca Cola Superligasi ushbu mavsumi yakuniga etganidan xabaringiz bor. Mavsum davomida O‘zPFL oyning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va golini aniqlab keldi. Yil yakunida esa, an’anaga ko‘ra turli nominatsiyalarda eng yaxshilarni aniqlaydi.
O‘zPFL bu yilgi mavsum yakunida bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlash tizimiga biroz o‘zgartirish kiritdi. Oldingi mavsumlarda yil laureatlarini aniqlashda ularning oyma-oy to‘plagan ochkolari yig‘indisi hisobga olinar edi. Bu yil eng yaxshilarni aniqlash uchun yakunda ham Coca Cola Superligasi klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ovoz beradi. Bunda mavsum davomida oy g‘oliblari sifatida eng ko‘p ochko to‘plagan uch nafar murabbiy va futbolchiga O‘zPFL nomzodlari qo‘shilgan holda – jami 4 nafar nomzod ishtirok etadi.
Qolgan nominatsiyalarda esa 3 nafardan nomzod ishtirok etadi.
O‘zPFL bu mavsum quyidagi nominatsiyalarda eng yaxshilarni aniqlaydi.
Coca Cola Superligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi
Coca Cola Superligasida mavsumning eng yaxshi murabbiyi
Coca Cola Superligasida yilning eng yaxshi yosh futbolchisi
Coca Cola Superligasining yil ramziy terma jamoasi
Eng yaxshi ayol futbolchi
Eng yaxshi futzalchi
Yilning eng chiroyli goli
Pro liganing eng yaxshi futbolchisi
Maxsus sovrin.