
Hozirgina O‘zbekiston Coca Cola kubogi yarim finalidan o‘rin olgan AGMK hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida kechgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi va qatorasiga uchinchi mavsum O‘zbekiston kubogi finaliga chiqdi.
O‘zbekiston Coca Cola kubogi. Yarim final
16 dekabr, chorshanba
Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 721 tomoshabin
Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Alisher Fayziev
Gol: Bahrom Abdurahimov, 16 (1:0)
AGMK: Valijon Rahimov, Sardor Rahmonov, Dilshod Jo‘raev, Elguja Grigalashvili (Saydullo Rahmatov, 76), Murodjon Toshmatov (Akmal Shorahmedov, 86), Bahrom Abdurahimov (Shahzodbek Nurmatov, 67), Mirg‘iyos Sulaymonov, Mate Vatsadze (Zafar Polvonov, 76), Yovan Jokich, Jasurbek Umarov, Husniddin G‘ofurov.
“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullaev (Husain Norchaev, 65), Bobir Abduxoliqov, Sharof Muxitdinov, Jo‘rabek Mannonov, Islom Kenjaboev (Shohmalik Komilov, 80), Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Marko Stanoevich, Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Husniddin G‘ofurov, 39 – yo‘q.