
Bugun O‘zbekiston Coca Cola kubogida chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va uchrashuvlar tugashi bilanoq jonli efirda musobaqa yarim finaliga qur’a tashlandi.
O‘zbekiston Coca Cola kubogi. 1/2 final
AGMK - NASAF
QO‘QON-1912 – PAXTAKOR.
Eslatib o‘tamiz, yarim final bahslari 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bir o‘yindan iborat qarama-qarshilikda g‘alaba qozongan jamoalar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Birinchi juftlik g‘olibi finalda nominal mezbon bo‘ladi.