
Coca Cola O‘zbekiston kubogi chorak final bahslari start oldi. Amaldagi kubok g‘olibi – “Paxtakor” o‘z uyida “Qizilqum”ni minimal hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” safarda “Mash’al” ustidan xuddi shunday ustunlik bilan g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
Chorak finalning yana ikki uchrashuvi soat 16:00da boshlanadi.
O‘zbekiston Coca Cola kubogi. 1/4 final
12 dekabr, shanba
MASh’AL – QO‘QON-1912 0:1
Hakamlar: Elyor Tursunov, Daler Tilloev, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Aleksandr Davidenko
Gol: Quvondiq Ro‘ziev, 33 (0:1)
PAXTAKOR – QIZILQUM 1:0
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Akobirxo‘ja Shukurullaev
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Ahmed Tillaev
Gol: Igor Sergeev, 50 (1:0)
NAVBAHOR – NASAF 16:00
AGMK – METALLURG 16:00