
Bugun O‘zbekiston Coca Cola kubogida 1/8 final o‘yinlari yakunlandi va uchrashuvlar tugashi bilanoq jonli efirda musobaqa chorak finaliga qur’a tashlandi.
O‘zbekiston Coca Cola kubogi. 1/4 final
12 dekabr, shanba
“Mash’al” – “Qo‘qon-1912”
“Navbahor” – “Nasaf”
“Paxtakor” – “Qizilqum”
AGMK – “Metallurg”.
Eslatib o‘tamiz, chorak final bahslari 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bir o‘yindan iborat qarama-qarshilikda g‘alaba qozongan jamoalar yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.