
Hozirgina O‘zbekiston Coca Cola kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Mash’al” hamda “Sho‘rtan” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Muborakdagi “Bahrom Vafoev” stadionida kechgan Qashqadaryo viloyati derbisining asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 1:1.
G‘olibni aniqlash uchun esa qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat etildi. Har ikkala ekstra taymda bittadan gol kiritgan muborakliklar yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
O‘zbekiston Coca Cola kubogi. 1/8 final
8 dekabr, seshanba
MASh’AL – ShO‘RTAN 3:1 (0:1, 1:1, 2:1)
Muborak. “Bahrom Vafoev” nomidagi stadion. 200 tomoshabin
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Jamshid Imamov
Gollar: Shokir Yo‘ldoshev, 42 (0:1), Asadbek Jo‘raqulov, 78 (1:1), Sherzod Temirov, 103 (2:1), Sherzod Temirov, 106 (3:1)
“Mash’al”: Shohruhjon Eshbo‘taev, Mo‘minjon Meliev (Abbos Shodmonov, 46), Muhammadali Aliqulov, Jamoliddin Ubaydulloev, Sardor Abduraimov, Sirojiddin Qo‘ziev, Samandar Shukurillaev, Sardorbek Eminov, Husniddin Mahmudov (Asadbek Jo‘raqulov, 61, Zoiyorjon Tursunov, 90+4), Muhriddin Rasulov (Humoyun Murtozaev, 46), Abdumalik Norqobilov (Sherzod Temirov, 42).
“Sho‘rtan”: Akmal Rahimov, Shokir Yo‘ldoshev (Islom Zoirov, 84), Elyor Omonjonov, Sherbek Eshmurodov, Bekzod Suvonov (Jahongir Qurbonboev, 46), Islom Shodmonov (Islom Zoirov, 84), Sanjar To‘raqulov, Shahboz Jo‘raev, Shahobiddin Samadov (Islom Boysariev, 61), Salohiddin Sanaqulov (Elbek Otaqulov, 61), Asadbek Samariddinov.
Ogohlantirishlar: Abbos Shodmonov, 51, Sirojiddin Qo‘ziev, 63 – Islom Zoirov, 90+2.