
Hozirgina O‘zbekiston Coca Cola kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Andijon” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
Anjijondagi “Sog‘lom avlod” stadionida kechgan uchrashuv qiziqarli va tomoshabop tarzda o‘tdi. Har ikkala jamoa a’zolari har qancha urinishmasin asosiy vaqtda g‘olib nomini aniqlashning imkoni bo‘lmadi va muxlislar 15 daqiqadan iborat ikkita qo‘shimcha bo‘lim guvohi bo‘lishdi.
114-daqiqada raqib jamoa jarima maydonchasi ichidagi pala-partishlikdan unumli foydalangan G‘olib G‘aybullaev Eldor Adhamov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba va chorak final yo‘llanmasini taqdim etdi.
O‘zbekiston Coca Cola kubogi. 1/8 final
7 dekabr, dushanba
ANDIJON – NASAF 0:1 (0:0, 0:0)
Andijon. “Sog‘lom avlod” stadioni. 835 tomoshabin
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Bekzod Aripov
Gol: G‘olib G‘aybullaev, 114 (0:1)
“Andijon”: Eldor Adxamov, Azamat Isroilov, Farhod Miraxmatov, Xushnudbek Avilov, Baxtiyorjon Qosimov, Siroj Meliev (Shahboz Jumaboev, 69), Abdullo Olimov (Usmonali Ismonaliev, 117), Asilbek Azizov, Qahramon Bahodirov (Muhammad Yuldashev, 76), Muhammadkarim Toirov, Farhodjon Sohibjonov (Doniyor Abdumannopov, 58).
“Nasaf”: Mashxurjon Muhammadjonov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullaev, Dilshod Rahmatullaev, Bobir Abduxoliqov (Faysal Kafonon Traore, 120), Sharof Muxitdinov, Jo‘rabek Mannonov (Oybek Bozorov, 61), Islom Kenjaboev (Shohmalik Komilov, 84), Akmal Mozgovoy, Muhriddin Zoirov (Husain Norchaev, 61), Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Qahramon Bahodirov, 17, Abdullo Olimov, 77, Usmonali Ismonaliev, 117.