
Bugun ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi 2-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv-W” hamda “So‘g‘diyona-W” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
TTYMI stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar “temiryo‘lchilar” darvozasiga javobsiz 7 ta to‘p kiritishdi.
O‘zbekiston kubogi. 2-guruh. 2-tur
28 noyabr, shanba
LOKOMOTIV-W – SO‘G‘DIYoNA-W 0:7 (0:3)
Toshkent. TTYMI stadioni. 7 tomoshabin
Hakamlar: Kristina Borisova, Aleksandra, Darya Snetkova, Edita Mirabidova
Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov
Komissar: Aziza Tatlimuratova
Gollar: O‘g‘iloy Qo‘chqorova, 1 (0:1), Lianna Narbekova, 22 (0:2), E’zoza Sharipova, 29 (0:3), Diyoraxon Xabibullaeva, 52 (0:4), E’zoza Sharipova, 61 (0:5), Diyoraxon Xabibullaeva, 79 (0:6), Aziza Norboeva, 90+1 (0:7)
Ogohlantirishlar: yo‘q.