
Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi doirasidagi ikki uchrashuv sanasi o‘zgardi. Klublarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, "Lokomotiv-W" - "So‘g‘diyona-W" o‘yini 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.
Shuningdek, "Bunyodkor-W" - "Paxtakor-W" qarama-qarshiligi ham tomonlarning kelishuviga binoan 2 dekabr sanasiga ko‘chirildi.
O‘zbekiston kubogi. 2-guruh. 2-tur
28 noyabr, shanba
LOKOMOTIV-W - SO‘G‘DIYoNA-W
O‘zbekiston kubogi. 1-guruh. 3-tur
2 dekabr, chorshanba
BUNYoDKOR-W - PAXTAKOR-W.