Ertaga – 22 sentyabr kuni Olmaliq shahrida futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi mamlakat chempioni va kubogi sohibi – AGMK jamoasi O‘zbekiston kubogi finalchisi “Lokomotiv”ga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu jamoalar Superkubok o‘yiniga turli kayfiyatda etib keldi. Aleksandr Petrov boshqaruvidagi AGMK jamoasi ortda qolgan 4 turdan so‘ng 27 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Mavsum avvalida olmaliqliklar safini bir qator etakchi futzalchilar tark etgan bo‘lsada, jamoa yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. 11 o‘yinda 9 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan Petrov shogirdlari bu mavsum ham chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.
Ikki karra O‘zbekiston chempioni va yana shuncha bor O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan “Lokomotiv” jamoasi uchun mavsum oson o‘tayotgani yo‘q. Ahad Yusupov qo‘l ostida “temiryo‘lchilar” joriy mavsum chempionat doirasida 11 uchrashuvda ishtirok etdilar va ularda 3 g‘alaba, 1 durang hamda 7 mag‘lubiyat qayd etildi.
Iqtibos
Sevastyan Mojaev (“Lokomotiv” futzalchisi): “Hozircha ishlarimiz yaxshi emas, jamoamiz natijalari ijobiy tomonga o‘zgarmayapti. Biz ko‘prog‘ini istaymiz. O‘z ustimizda ko‘proq ishlashimiz kerak. Ayni damda jamoaning katta qismini yoshlar tashkil qiladi. Albatta, tajribali futbolchilar bor, lekin ayrimlari futzaldagi ilk mavsumini o‘tkazmoqda.
“Paxtakor” va AGMKga qarshi o‘ynash juda qiyin. Ushbu jamoalar tarkibida O‘zbekiston milliy termasida o‘ynayotgan futzalchilar yig‘ilgan. Ha, milliy chempionat yildan yilga kuchayib bormoqda. Buni jamoalardagi o‘sishdan ham kuzatish mumkin.
Ammo, ushbu mavsumdagi o‘yinlarga qaraydigan bo‘lsak, AGMK — o‘ynasa bo‘ladigan raqib. Jamoani bir necha tajribali futzalchilar tark etgan. Biroq kurash oson bo‘lmaydi, biz ham osonlikcha qo‘l ko‘tarmaymiz.
Ertaga maksimal kayfiyatda to‘p tepamiz. AGMKni yuqori ishtiyoq evaziga mag‘lub etish mumkin. Futzalchida raqibga qaraganda g‘alabaga tashnalik yuqori bo‘lishi kerak”.
Husniddin Nishonov (AGMK futzalchisi): “Ertaga yaxshi o‘yin bo‘ladi. “Lokomotiv” yaxshi shakllangan jamoa sanaladi. Tarkib biroz yoshartirilganligini ko‘rish mumkin. O‘ylashimcha, ertaga kim ko‘proq mehnat qilsa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonadi. Ayni vaqtda bor diqqat e’tiborimiz bo‘lajak uchrashuvga qaratilgan”.
AGMK jamoasi tarkibi
Bosh murabbiy – Aleksandr Petrov
Murabbiy – Andrey Shlema
№ |
Futzalchilar |
1 |
Rutam Umarov |
2 |
Abbosbek O‘lmasbekov |
3 |
Timur Berdiev |
4 |
Ixtiyor Ropiev |
5 |
Ilhomjon Hamroev |
6 |
Abdulla Solixov |
7 |
Davronjon Abdurahmonov |
8 |
Husniddin Nishonov |
9 |
Alan Aminov |
10 |
Davron Valijonov |
11 |
Artur Yunusov |
12 |
Akobirjon Shokirjonov |
15 |
Po‘lat Olimov |
17 |
Muzaffar Ahadjonov |
19 |
Davron Choriev |
22 |
Anasxon Rahmatov |
“Lokomotiv” jamoasi tarkibi
Bosh murabbiy – Ahad Yusupov
Murabbiy – Farhod Mirahmedov
№ |
Futzalchi |
1 |
Klim Tyugaev |
5 |
Jamshid Rasulov |
7 |
Husniddin Ashurov |
8 |
Mirzohid Haydarxo‘jaev |
9 |
Fotix Vosiqov |
10 |
Sevastyan Mojaev |
11 |
Jamoliddin Sharipov |
12 |
Zabixillo Dolimov |
13 |
Sherzod Xo‘jayorov |
19 |
Ilhomjon Karimov |
22 |
Boburbek Ergashev |
23 |
Xabibullox Muhammadjonov |
24 |
Xayrulla Solixov |
25 |
Ravshanbek Asqarjonov |
33 |
Humoyun Sultonov |
37 |
Sarvar Shoahmedov |
Anons
AGMK va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi bahsi ertaga soat 14:00 da start oladi. Mazkur bellashuv “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
20 daqiqadan iborat ikki bo‘limda g‘olib aniqlanmasa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi
22 sentyabr, seshanba
14:00 AGMK – LOKOMOTIV
Olmaliq. OKMK sport majmuasi
Hakamlar: Askarbay Arzibekov, Farruh Muzaffarov, Sultonmurod Abdurahmonov
Vaqt uchun mas’ul hakam: Nikita Afinogenov
Nazoratchi: Timur Abdullaev.