Birinchi liga. O‘zPFL badal pulini ikki barobar kamaytirdi

Pandemiya futbol klublarining moliyaviy holatiga jiddiy ta’sir o‘tkazayotgani sir emas. Bundan ayniqsa byudjeti u qadar katta bo‘lmagan klublar aziyat chekmoqda. 

Bir necha kun avval O‘zPFL Birinchi liga klublari uchun qayta qur’a o‘tkazdi hamda o‘yinlar sanalarini e’lon qildi. Uchrashuvlar start olishi yo‘lida futbolchilarning salomatligi muhim ahamiyatga egadir. Biroq yuqorida aytilganidek, mazkur liga klublarining moddiy ta’minotida muammolar bor. 

O‘zPFL klublarni himoya qilish uchun ulardan olinadigan badal pullarini ikki barobar qisqartirdi. Orttirilgan mablag‘ futbolchilar salomatligi yo‘lida sarflanishi borasida tavsiya berildi. Mazkur qaror tashkilot Ijroqo‘mi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ma’lumot uchun, Birinchi liganing 14 klubi ikki mintaqaga ajratilgan bo‘lib, jami 12 tur uchrashuvlaridan keyin har bir mintaqaning eng so‘nggi jamoasi Ikkinchi ligaga tushiriladi. Shuningdek, mintaqalarning 4-6 o‘rin egalari birlashtirilib, qayta turnir o‘tkaziladi. 5 tur yakunlariga ko‘ra eng so‘nggi jamoa ham Ikkinchi ligaga ravona bo‘ladi. 5-o‘rin egasi esa pulka finalchisi bilan o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb