“Paxtakor” Chempionlar ligasida to‘p surishi inobatga olinib, uning ikkinchi davradagi ketma-ket uch uchrashuvi sentyabrning birinchi dekadasiga tayin qilingandi.
“Navbahor” va “Paxtakor” asosiy jamoalari 1-sentyabr kuni maydonga chiqadi. O‘z-o‘zidan 31 avgust kuni har ikki klubning U-21 jamoalari Namanganda kuch sinashadi. Ammo “Paxtakor” o‘rinbosarlari keyingi ikki uchrashuvni o‘z vaqtida o‘tkaza olmaydi. Sababi Temur Kapadze Tojikistondagi yig‘inga “Paxtakor” o‘rinbosarlaridan 8 nafar futbolchini jalb qilgan. Shundan kelib chiqib, “Paxtakor” asosiy tarkibi Qatarga yo‘l olsa-da, jamoaning o‘rinbosarlari 15 hamda 20-sentyabr sanalarida qolgan klublar qatori o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Shuningdek, “Buxoro” va “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi qoldirilgan uchrashuv 6 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
31-avgust: Navbahor U-21 — Paxtakor U-21
6-sentyabr: Mash’al U-21 — Buxoro U-21
15-sentyabr: Buxoro U-21 — Paxtakor U-21
20-sentyabr: Metallurg U-21 — Paxtakor U-21