
O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir qator futbolchilar va rasmiylarga nisbatan turli xil sanktsiyalar qo‘llanildi.
Coca Cola Superliga
Uchrashuv: “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor”
Jarimaga tortildi: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor” futbolchisi )
Sabab: Uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda zaxira o‘rindig‘idan turib Bosh hakam tomonga plastik idishni uloqtirgani uchun
Qaror: Jarima intizom chorasi
Uchrashuv: “Surxon” – “Navbahor”
Jarimaga tortildi: Islombek Isoqjonov (“Navbahor” futbolchisi )
Sabab: Uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda raqib o‘yinchisiga tirsagi bilan yuz qismiga zarba bergani uchun
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va jarima intizom chorasi
Uchrashuv: “Surxon” – “Navbahor”
Jarimaga tortildi: Abdumalik Umirzakov (“Navbahor” rasmiysi)
Sabab: Uchrashuv davomida bosh hakam sha’niga nomaqbul so‘zlar ishlatgani va o‘zini nomunosib tutgani uchun
Qaror: 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va jarima intizom chorasi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati
Uchrashuv: “Metallurg” – “Stroitel-Zarafshon”
Jarimaga tortildi: Iskandar Mahmudov (“Stroitel Zarafshon” murabbiyi)
Sabab: Uchrashuv davomida bosh hakam qaroriga bir necha bor aralashgani uchun
Qaror: Jarima intizom chorasi