Hozirgina Coca Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan AGMK hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
“Lokomotiv” stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi – 1:1. Shu tariqa, olmaliqliklarning mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etdi.
Coca Cola Superliga. 12-tur
25 avgust, seshanba
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni
Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Gollar: Azizbek Turg‘unboev, 22 (0:1), Yovan Jokich, 90+2 (1:1)
AGMK: Suhrob Sultonov, Sardor Rahmonov (Mate Vatsadze, 72), Mirjamol Qosimov (Dilshod Jo‘raev, 46), Elguja Grigalashvili (Hojimat Erkinov, 72), Shahzodbek Nurmatov, Murodjon Toshmatov, Sanjar Tursunov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Yovan Jokich, Boburbek Yuldashev, Arlsanmirat Amanov (Bahrom Abdurahimov, 46).
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, G‘iyosjon Komilov, Azimjon Ahmedov, Azizbek Turg‘unboev, Sardar Telyakov (Xusayn Ergashboev, 61, Sherzod G‘ulomjonov, 83), Igor Golban, Shohruh Mahmudxojiev (Ivan Solovev 54), Xurshidbek Muxtorov, Tohirjon Shamsitdinov, Pavel Golishev, Ruslan Bolov.
Ogohlantirish: Yovan Jokich, 68.
Eng yaxshi futbolchi: Yovan Jokich.