U21 Birinchiligi. "Mash’al" — "Buxoro" o‘yini qoldirildi

Xabaringiz bor, Coca Cola Superliga va U21 Birinchiligi jamoalari uchrashuv oldidan PZR testi topshirishlari lozim, "Mash’al" U21 jamoasi O‘zPFLga test natijalarini topshirmagani bois U21 Birinchiligi 12-turidan o‘rin olgan "Mash’al" hamda "Buxoro" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin qoldirildi.

“Futbol bo‘yicha mamlakat chempionati va kubogi uchrashuvlarini va mashg‘ulotlar jarayonini qaytadan boshlash” bo‘yicha ishlab chiqilgan Reglamentga ko‘ra, "Mash’al" jamoasi test topshirmagan bo‘lsa, klubga texnik mag‘lubiyat yoziladi.  Agarda, klub PZR testini topshirgan va klinika bilan bog‘liq muammo yuzaga kelib, javoblar kechikishi kuzatilgan bo‘lsa, uchrashuv keyinroq o‘tkaziladi. O‘zPFL Komissiyasi buni o‘rganib chiqadi va vaziyatga qarab, qaror qabul qiladi.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb