Coca Cola Superliga. “Qizilqum” mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirdi

Hozirgina Coca Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” hamda “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.

“Paxtakor” stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi – 1:1. Shu tariqa, navoiyliklarning mag‘lubiyatsiz seriyasi 3 ta o‘yinga etdi. Jizzaxliklarning g‘alabasiz o‘yinlari esa qatorasiga to‘rttaga etdi.

Coca Cola Superliga. 12-tur

25 avgust, seshanba

QIZILQUM – SO‘G‘DIYoNA 1:1

Toshkent. “Paxtakor” stadioni

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Xusniddin Shodmonov, Sultonmurod Ulfatov, Abdurashid Xudoyberganov

Nazoratchi: G‘ayrat Karimov

Komissar: Zohirjon Akramxonov

Gollar: Ibrohim Tomiva, 30 (1:0), Marko Kolakovich, 53 (1:1)

“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Vladislav Kasminin, Erkin Baydullaev, Oybek Qilichev (Vohid Shodiev, 83), Ruslan Margiev, Alisher Sanoev, Salim Mustafoev, Jasur Azimov (Qadamboy Nurmetov, 50, Fayzulla Qambarov, 83), Sherali Jo‘raev, Ibrohim Tomiva, Oleg Tolmasov.

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Sanjar Rashidov (Ayubxon No‘’monov, 82), Jamshid Boltaboev (Daniel Nasriddinov, 46), Shohruz Norxonov (Sahob Rashidov, 89), Sanat Shixov (Jasur Hasanov, 46), Javohir Qahramonov (Ivan Nagaev, 73), Shahboz Jo‘rabekov, Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Oleg Tolmasov, 33, Erkin Baydullaev, 45 — Ivan Nagaev, 78

Chetlatish: Ivan Nagaev, 90+3 (ikkinchi sariq)

Eng yaxshi futbolchi: Oybek Qilichev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb