Coca Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “So‘g‘diyona” o‘yiniga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladi. Bu borada klublar ikki tomonlama kelishuvga erishdi.
Jamoalarga qulaylik yaratish maqsadida, O‘zPFL bu kelishuvga qarshilik qilmadi. Uchrashuv avvaldan belgilab qo‘yilganidek 17:00 da start oladi.