Coca Cola Superligasi, 12-tur doirasida o‘tkazilgan markaziy uchrashuvda “Nasaf” Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida “Bunyodkor” bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvda “Nasaf” klubi raqib darvozasiga ikkita gol urib hisobda oldinda borayotganiga qaramay, “Bunyodkor” yakunda iroda ko‘rsatib, hisobni tenglashtira oldi. Shu tariqa, qiziqarli kechgan uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.
Coca Cola Superligasi, 12-tur
24 avgust. “Paxtakor” stadioni.
Hakamlar: Asker Najafaliev, Timur Gaynullin, Andrey Tsapenko, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Jamshid Imomov
Gollar: Husain Norchaev, 20 (1:0), Bobir Abdiholiqov, 57 (2:0), Suxrob Izzatov, 67 (2:1), Shahboz Erkinov, 85 (2:2)
“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullaev (Husniddin Aliqulov, 81), Dilshod Saitov, Bobir Abdiholiqov, Sharof Muhitdinov, Husain Norchaev (Islom Kenjaboev, 64), Akmal Mozgovoy (Dilshod Rahmatullaev, 87), Sherzod Nasrullaev, Akmal Bozorov (Jo‘rabek Mannonov, 87), Marko Stanoevich, Umar Eshmurodov
“Bunyodkor”: Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, Anvar G‘ofurov (Suhrob Izzatov, 54), Dilshodbek Ahmadaliev (Selim Nurmuradov, 84), Xurshid G‘iyosov (Shahboz Erkinov, 84), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Abdulla Abdullaev, Valeriy Akopov (Mirjahon Mirahmadov, 36, Muhammadodil Qahramonov, 84), Farruh Ikromov
Ogohlantirishlar: Sherzod Nasrullaev, 2, Oybek Bozorov, 71 – Nurillo To‘xtasinov, 90