Coca Cola Superliga, 9-turidagi qoldirilgan “Buxoro” hamda “Bunyodkor” o‘yini 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Coca Cola Superliga. 9-tur
"BUXORO" – "BUNYoDKOR" 1:1
Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Hasan Nabiev, Daler Tilloev, Ahmadjon Ergashev.
Nazoratchi: Sardor Najafaliev.
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.
Gollar: Islom Qobilov, 22 (0:1), Jasur Hasanov, 78 penalti (1:1)
Noaniq penalti: Shahboz Erkinov, 18
"Buxoro": Zafar Safaev, Mirjalol Jumaev, Bobir Omanov, Anvar Jo‘raev (Suxrob Nematov, 64), Jasur Hakimov (Jasur Hakimov, 69), Zohir Pirimov (Behruz Sadilloev, 73), Jasur Hasanov, Bekzod Saidov, Ergash Ismoilov, Aziz Omanov (Shahzod Beshimov, 73), Solibek Karimov
"Bunyodkor": Sarvar Karimov, Islom Qobilov, Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, Dilshod Ahmadaliev, Lutfulla To‘raev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Abdulla Abdullaev, Valeriy Akopov (Selim Nurmurodov, 56), Farrux Ikromov (Bahodir Pardaev, 79), Shahboz Erkinov (Mirjahon Mirahmadov, 56)
Ogohlantirishlar: Bekzod Saidov 5, Solibek Karimov 12 – Lutfulla To‘raev 77
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Zafar Safoev - "Buxoro"