AGMK futbolchilari pnevmoniyaga test topshirdi

Olmaliqning AGMK futbol klubi a’zolari pnevmoniya uchun test topshirdi. 

AGMK 13-iyul kuni “Paxtakor” mehmoni bo‘lib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdan keyin “Paxtakor”ning 5 nafar a’zosi virus yuqtirib olganlikda gumon qilindi va ular izolyatsiyaga olindi. 

Mazkur holat AGMK klubi a’zolarining sog‘ligini ham shubha ostida qoldirardi. Shundan kelib chiqib, klub dastavval pnevmoniya uchun test topshirdi. Bunga qadar klubda o‘zini yomon his qilayotgan futbolchilar yo‘q edi. Shuningdek, bugungi test natijalari ham yaxshi chiqdi. 

21-iyul — seshanba kuni AGMK a’zolari koronavirus uchun test topshirishni rejalashtirgan. Klub 22 iyul kuni o‘z maydonida poytaxtning “Lokomotiv” klubiga qarshi maydonga tushadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb