“Xorazm” — “Dinamo” o‘yini bir kunga kechiktirilishi mumkin

Pro liga 3-turidan o‘rin olgan “Xorazm” va “Dinamo” o‘yini bugun — 15-iyul kuni 18:30 da start olishi kerak edi. Mazkur uchrashuv kamida bir kunga kechiktiriladi. 

“Dinamo” klubi kecha — 14-iyul kuni Xorazmga yetib kelib, mehmonxonaga joylashdi. Ammo bugun tongda klub futbolchilarini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish zaruriyati paydo bo‘ldi. Futbolchilar sog‘ligi masalasi birinchi o‘rinda ekanidan kelib chiqib, O‘zPFL uchrashuvni kamida bir kunga qoldirish masalasini qo‘llab-quvvatladi.

Bugun “Dinamo” futbolchilari tekshiruvdan o‘tadi. Ertaga tushga qadar futbolchilarning holati barqaror deb topilsa, Pro liga 3-turidan o‘rin olgan uchrashuv o‘tkaziladi. Vaziyat nisbatan keskinroq bo‘lsa, mazkur bellashuv avvaldan belgilab qo‘yilgan zaxira kunlaridan birida bo‘lib o‘tadi. 

O‘zPFL mazkur ish bo‘yicha barcha yangiliklarni yoritib boradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb