Ro‘ziqul Berdiyev: Uchchala o‘yinda ham raqibdan ustunlik qildik, ammo...

Coca Cola Superligasi 6-turidan o‘rin olgan “Nasaf” hamda “Buxoro” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Nima ham derdim?! Biz 20 ga yaqin imkoniyatlarni yaratdik. Biroq, oldingi bellashuvlarda ham ko‘zga tashlangan – vaziyatlardan foydalanish muammosi yechimsizligicha qolmoqda. Raqiblarimiz ham bizga yuqori baho berib, himoyaviy taktika ostida to‘p surishmoqda.  Mening fikrimcha, futbolchilar bugun yaxshi harakat qilishdi. Ammo sportda natija esda qoladi. To‘g‘ri durang o‘ynayapmiz, ammo ko‘rgan bo‘lsangiz, mana shu uchala o‘yinda raqiblardan ustunlik qildik. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi”, – dedi Berdiyev.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb