Bugun Coca Cola Superligasida 6-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Mavsum restartini ishonchli tarzda boshlagan Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qildi va so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol tufayli 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Parallel ravishda kechgan “Nasaf” – “Buxoro” qarama-qarshiligida esa hisob ochilmadi – 0:0.
Coca Cola Superliga. 6-tur
26 iyun, juma
SO‘G‘DIYONA – ANDIJON 1:1 (0:0)
Jizzax. “So‘g‘diyona” stadioni
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Andrey Sapenko, Timar Gaynullin, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Sardor Qudratullayev
Gollar: Shoxruz Norxonov, 63 (1:0), Farhod Bekmurodov, 90+1 (1:1)
“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov (Shavkat Mullajonov, 75), Sanjar Rashidov (Jamshid Boltaboyev, 58), Shoxruz Norxonov (Ayubxon No‘monov, 78), Jasur Hasanov, Sanat Shixov, Ivan Nagayev (Bahodir Nasimov, 58), Elivelto Ribeyro Dantas (Javohir Qahramonov, 58), Marko Kolakovich.
“Andijon”: Islombek Abdullayev, Farxod Miraxmatov (Qahramon Bahodirov, 90+4), Jamshid Xasanov, Farxodbek Bekmurodov, Emmanuel Arivachukvu, Ibe Mikael Okoro (Baxtiyorjon Qosimov, 90+4), Abdullo Olimov (Doniyor Abdumannopov, 75), Usmonali Ismonaliyev, Timur Usmonov (Siroj Meliyev, 61), Jahongir Abdumo‘minov (Artyom Litveakov, 75), Dmitro Zozulya.
Ogohlantirishlar: Sardor Qulmatov, 11, Iskandar Shayqulov, 24, Sanat Shixov, 70 – Timur Usmonov, 11, Jahongir Abdumo‘minov, 58
NASAF – BUXORO 0:0
Qarshi. “Markaziy” stadion
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Bektursin Kannazarov, Jalg‘asbay Sarsenov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov
Komissar: Erkin Baxtiyorov
“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullayev, Dilshod Rahmatullayev (Akmal Mozgovoy, 56), Bobir Abduxoliqov, Sharof Muxitdinov, Islom Kenjaboyev (Husain Norchayev, 69), Sherzod Nasrullayev (Jo‘rabek Mannonov, 71), Oybek Bozorov, Marko Stanoyevich, Umarbek Eshmurodov.
“Buxoro”: Zafar Safoyev, Mirjalol Jumayev, Bobirjon Amanov, Jasurbek Hakimov, Jasur Hasanov, Bexruz Shodmonov (Suxrob Ne’matov, 71), Abror Xosinov, Ergash Ismoilov, Azizbek Amanov (Zoxir Pirimov, 77), Boburbek Farxadov, Izzatilla Abdullayev (Bekzod Saidov, 83).
Ogohlantirishlar: Sharof Muxitdinov, 23 – Jasur Xasanov, 33, Boburbek Farxadov, 39, Abro Xosinov, 62, Zafar Safoev, 85.