3-iyul kuni Pro liga yangi mavsumiga start beriladi. Xabaringiz bor, yangi mavsumda Pro ligada 8ta jamoa ishtirok etadi. Yangicha formatda o‘tadigan musobaqa taqvimi avvalroq xabar qilingan edi.
Hozirda, Respublikaning ayrim xududlarida epidemiologik vaziyat o‘zgarmagani tufayli, ushbu hududlarda futbol uchrashuvlarini o‘tkazishga ruxsat berilmagan. Shu bois, Pro liga 1-turidagi “Xorazm” – “Turon” bahsi “Turon” klubi maydoniga ko‘chirildi. Tabiiyki, ushbu klublarning ikkinchi davradagi bahsiga Xorazm mezbonlik qiladi.
Shuningdek, 2-turdan o‘rin olgan “Neftchi” – “Xorazm” uchrashuvi ham mehmonlarga yengillik yaratish maqsadida, Farg‘ona viloyatida ketma-ket ikki uchrashuv o‘tkazishini inobatga olib, 8-iyul kunidan 7-iyul kuniga ko‘chirildi.