U-21 birinchiligi ishtirokchilari uchun reglament yengillashtiriladi

Pandemiya sabab O‘zbekiston futbol klublari tanaffusga chiqqach, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘lgan terma jamoalar bilan ham yig‘in o‘tkazishning imkoni bo‘lmadi. Futbol mavsumi start olgach esa kichik qit’a chempionatlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari yig‘inlarga zo‘r berdi. 

Bu holat tabiiyki, Coca Cola Superliganing o‘rinbosarlar  o‘rtasidagi turnirlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ya’ni, bir qator klublar kichik termalarga o‘z o‘yinchilarini yuborishlari natijasida U-21 birinchiligida tarkib muammosi bilan to‘qnashmoqda. Musobaqalarni o‘tkazish reglamentiga ko‘ra, U-21 birinchiligi qaydnomasiga U-18 jamoasidan maksimum to‘rt nafar futbolchini kiritish mumkin. 

Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqib, O‘zPFL terma jamoalarga futbolchi etkazib berayotgan klublarga engillik yaratib beradi. Ya’ni, klub biror terma jamoaga qancha futbolchi bergan bo‘lsa, U-21 qaydnomasiga U-18 jamoasining xuddi shuncha futbolchisini qo‘shimcha ravishda kiritishi mumkin bo‘ladi. Bunda klublar uchrashuvga qadar O‘zPFLga rasmiy xat bilan chiqadi va mazkur xatga O‘FA tomonidan yo‘llangan terma jamoaga chaqiriq xati ilova qilinadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb