“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum”. O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Bugun Coca Cola Superligada 5-tur o‘yinlari start oladi. Turning dastlabki uchrashuvida “Qo‘qon-1912” jamoasi “Qizilqum”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu jamoalar chempionat doirasida hozirga qadar 18 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, ustunlik navoiyliklar tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarning 6 tasida qo‘qonliklar zafar quchishgan, 11 ta bahsda navoiyliklarning qo‘li baland kelgan. Bitta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.  To‘plar nisbati – 18-33, “Qizilqum” foydasiga.

“Qo‘qon-1912”ning “Qizilqum” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 2:0, “Qizilqum”ning “Qo‘qon-1912”ga qarshi bellashuvlarda qozongan eng yirik g‘alabasi esa 5:1 ni tashkil etadi.

Ushbu qarama-qarshilik soat 19:00 da “Mahalla” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv yurtimizda joriy qilingan karantin qoida va me’yorlari sabab muxlislarsiz o‘tkaziladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb