19-iyun kuni Coca Cola Superligada 5-tur o‘yinlari start oladi. Turning markaziy uchrashuvi Toshkentda kechadi. Unda poytaxtning ikki jamoasi – “Paxtakor” va “Bunyodkor” o‘zaro kuch sinashadi.
Mazkur bahsni “sherlar” oq rangdagi formada o‘tkazishadi. “Qaldirg‘ochlar” esa ko‘k-ko‘k-ko‘k rangli sport liboslarida maydonda harakat qilishadi.
Ta’kidlab o‘tamiz, ushbu bellashuv soat 20:00 da “Paxtakor” markaziy stadionida o‘tkaziladi.