Bugun Coca Cola Superligada 4-tur o‘yinlari davom ettirildi. Amaldagi chempion “Paxtakor” Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Coca Cola Superliga. 4-tur
14 iyun, yakshanba
SO‘G‘DIYoNA – PAXTAKOR 1:0 (0:0)
Jizzax. “So‘g‘diyona” stadioni
Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Ziyodilla Abdurahmonov, Anvar Marajabov, Ravshan Abduvohidov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Laziz Qo‘chqorov
Gol: Shohruz Norxonov, 50 (1:0)
Amalga oshirilmagan penalti: Shohruz Norxonov, 31
“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Ayubxon No‘’monov, Jamshid Boltaboev (Sanjar Rashidov, 68), Shohruz Norxonov (Bahodir Nasimov, 74), Jasur Hasanov (Elivelto Ribeyro, 68), San’at Shixov (Shahboz Jo‘rabekov, 74), Ivan Nagaev (Javohir Qahramonov, 33), Marko Kolakovich.
“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Egor Krimets, Dostonbek Hamdamov (Asadbek Sobirjonov, 78), Odiljon Hamrobekov, Sherzod A’zamov (Anzur Ismoilov, 72), Sardor Sobirxo‘jaev (Igor Sergeev, 72), Farruh Sayfiev, Eren Derdiyok.
Ogohlantirishlar: Shohruz Norxonov, 21, Sardor Qulmatov, 42, Milan Mitrovich, 90+4 – Egor Krimets, 21, Sanjar Quvvatov, 30.