"Turon" klubi 150 mln so‘m xayriya qildi

Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi xavf solib turgani barchamizga ayon.

 

Ushbu sinovli kunlarda  “Turon”futbol klubi  jamoasi ta’sischilari ham xayrli ishga qo‘l urdi. Unga ko‘ra, ushbu korxona koronavirusga qarshi kurash doirasida 150 million so‘mlik xayriya ishlarini amalga oshirdi.

 

Bugun mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga qarshi keskin kurashilayotgan bir pallada  Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida joylashgan  “Turon”  klubi tomonidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida ko‘plab xayriya ishlarini amalga oshirilmoqda.

 

 

“Turon” klubi tomonidan “Dehqon bozori” MChJga 50 million so‘mlik kartoshka mahsuloti keltirilib, aholiga etkazib berilishida katta amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, COVID-19 ga qarshi kurashda aholiga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 100 million so‘m mablag‘ni beg‘araz o‘tkazib berildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb