Dilshod Jo‘raev: Maqsadimiz kuchli uchlikka kirish

Xabaringiz bor, ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida barchamizdan  uyda qolish talab qilinmoqda. Natijada, barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari o‘tkazilmayapti.

Xo‘sh, o‘zbekistonlik futbolchilar karantin davrini uyda qanday o‘tkazishmoqda? Mavsum qay tarzda boshlandi? Bugun bu haqda AGMK jamoasining etakchi futbolchilaridan biri – Dilshod Jo‘raev bilan suhbatlashdik.

“Hukumat kiritgan qoidalarga rioya egan holda karantinni oila davrasida o‘tkazmoqdaman. Farzanandlarim bilan turli qiziqarli o‘yinlar o‘ynab, vaqtni mazmunli o‘tkazishga harakat qilyapman.

Sport bilan shug‘ullanish uchun uyda etarli sharoitlar mavjud  va murabbiylar bergan ko‘rsatmalar asosida mashg‘ulotlarni davom ettiryapman. Sportchi uchun vaznni me’yorda saqlab turish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga qat’iy rioya etish lozim.

 

Fikrimcha, jamoamiz mavsumni yaxshi boshladi. Ortda qolgan 3 tur davomida mag‘lubiyatga uchramadik. AGMK Coca-Cola Superligasida kuchli uchlikka kirishni va OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan”, – dedi Jo‘raev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb