2020 yil 16 mart sanasidan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida rejalashtirilgan futbol bo`yicha barcha musobaqalar vaqtincha to`xtatiladi.
Jumladan, ichki musobaqalar bilan bir qatorda turli yoshdagi terma jamoalarimizning rejalashtirilgan xalqaro oʼrtoqlik va rasmiy o`yinlari hamda o`quv-mashg`ulot yig`inlari ham vaqtincha qoldirildi.
Ishonamizki, koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar yaxshi samara beradi va o`zbekistonlik futbol muxlislari yaqin vaqt oralig`ida yana katta futbol musobaqalarini kuzatish imkoniga ega bo`lishadi.
Manba: O`FA