Bugun Coca-Cola Superligasi 3-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” hamda “Buxoro” jamoalari o`rtasidagi o`yin bo`lib o`tdi. Toshkentda bo`lib o`tgan uchrashuvda mezbonlar 3:0 hisobidagi yirik g`alabani qo`lga kiritdi.
Coca-Cola Superligasi / 3-tur
15 mart, yakshanba
“Lokomotiv” – “Buxoro” 3:0 (2:0)
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 1200 tomoshabin
Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Farxod Usmonov, Zufar Eliboev, Rustam Choriev
Nazoratchi: Ma`mur Saidqosimov
Komissar: Laziz Qo`chqorov
Gollar: Marat Bikmaev, 17 penaltidan (1:0), Temurxo`ja Abduxoliqov, 20 (2:0), Shahzod Shaymanov, 90+1 (3:0)
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Shahzod Shaymanov, Slavko Damyanovich, Kaxi Maxaradze (Oybek Qilichev, 84), Vadim Afonin, Marat Bikmaev, Temurxo`ja Abduxoliqov (Abdul Aziz Yusupov, 90), Davronbek Xoshimov, Oleg Zoteev, Sherzod Fayziev, Diyorjon Turopov (Kirill Pogrebnyak, 64).
“Buxoro”: Zafar Safoev, Mirjalol Jumaev, Jaba Lipartia, Zoxir Pirimov, Jasur Hasanov, Bexruz Shodmonov (Boburbek Farxodov, 46), Abror Xosinov, Azizbek Amonov (Jasurbek Hakimov, 46), Edin Yunuzovich, Izzatilla Abdullaev, Milovan Kapor.
Ogohlantirishlar: Shahzod Shaymanov, 52, Slavko Damyanovich, 70 – Jaba Lipartia, 70.