Coca-Cola Superligasi 3-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” hamda “Buxoro” jamoalari o`rtasidagi o`yindan so`ng mehmonlar ustozi Muxsin Muhammadiev uchrashuv haqidagi o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
“Birinchi bo`limni butunlay yomon o`tkazdik. Bu men uchun ham topishmoq. Penalti bor edi. Shundan so`ng o`yin sindi. Keyin esa kerak bo`lmagan golni o`tkazib yubordik. Ikkinchi bo`limda yigitlar harakat qilishdi, ko`plab vaziyatlar yaratishdi. Hozircha ishlarimiz o`xshamayapti. Bu futbol, shunday bo`lib turadi. Ketma-ket 3 o`yinda 3 tadan gol qo`yib yuboryapmiz. Bunga o`zim ham tushunmayapman. Bu juda katta muammo”, – dedi Muhammadiev.
"Lokomotiv" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi