Coca-Cola Superligasi 3-turidan o`rin olgan “Andijon” hamda “Navbahor” jamoalari o`rtasidagi o`yindan so`ng mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov uchrashuv haqidagi o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
“Guvohi bo`lganingizdek, o`yin ancha asabiy kechdi. Bugun faqat g`alaba haqida o`ynagan edik va shu bois yigitlarda bosim bor edi. Ayniqsa birinchi bo`limda bu narsa yaqqol sezildi.
Uchrashuv oxirida gol kiritish uchun bizda ham, raqibda ham yaxshi vaziyatlar bo`ldi. Umuman olganda, bugungi bahs asabiy ruhda o`tdi”, - dedi Xomyakov.
"Andijon" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi