Coca-Cola Superligasi 3-turidan o`rin olgan “Andijon” hamda “Navbahor” jamoalari o`rtasidagi o`yindan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis uchrashuv haqidagi o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
“Derbi bu derbi. Mezbon jamoa o`yinga yaxshi tayyorgarlik ko`rgani bilinib turdi. Biz ham shunga yarasha tayyorlangan edik. Bugungi bahsni yomon o`tkazdik deb o`ylamayman. Ayniqsa, ikkinchi bo`limda bizda ham, raqibda ham gol kiritish uchun imkoniyatlar bo`ldi. Birinchi bo`lib gol kiritganimizda natija boshqacha bo`lar edi hisoblayman. Muxlislarga ham bugungi uchrashuv yoqdi deb o`ylayman”, – dedi Kanchelskis.
"Andijon" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi