Baxtiyor Ashurmatov: His-hayajonga to`la o`yin bo`ldi

Coca-Cola Superligasi 3-turidan o`rin olgan “Qo`qon-1912” – “So`g`diyona” (2:1) bahsidan so`ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov uchrashuv borasidagi o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

“Bugungi o`yin oxiriga qadar his-hayajonga to`la bo`ldi. Har ikki jamoa shiddatli o`yin namoyish etishdi. Bosh murabbiy Ulug`bek Baqoev futbolchilik paytida ham shunday tirishqoq va oxiriga qadar kurashar edi. O`yindan oldin shogirdlarimga shuni bir necha bor ta`kidladim.

Muhim bo`lgan uch ochkoni qo`lga kiritdik. O`yin uchun «So`g`diyona” futbolchilariga ham rahmat aytaman. Ulug`bek Baqoev shogirdlari oxiriga qadar kurash olib borishdi”, - dedi Ashurmatov.

"Qo`qon-1912" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb