Coca-Cola Superligasi 3-turidan o`rin olgan “Mash`al” – “Qizilqum” (1:1) bahsidan so`ng mezbonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniev uchrashuv borasidagi o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
“Bugun o`z maydonimizda alamli tarzda durang o`ynadik. “Qizilqum” jamoasi markazda uch himoyachi bilan harakatlandi va bu bizni biroz xayratlantirdi. Standart vaziyatdan o`tkazib yuborilgan gol rejalarimizni chalkashtirib yubordi. Bosim uyushtirdik, to`p nazoratida ustunlik qildik. 1:1 o`ynadik, nima ham qila olardik”, - dedi Vaniev.
"Mash`al" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi