Coca-Cola Superligasi 3-turidan o`rin olgan “Mash`al” – “Qizilqum” (1:1) bahsidan so`ng mehmonlar katta murabbiyi Akmal Holiqov uchrashuv borasidagi o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
“Ikki o`yinda mag`lub bo`lganimizdan so`ng uchinchi mag`lubiyatni muxlislar kechira olmas edi. Har ikkala klub ham 2-turda mag`lub bo`ldi va bugungi bahs og`ir o`tishini bilar edik. Jangovar o`yin bo`ldi. Hisobni ochib, afsuski tezda gol o`tkazib yubordik. Shunday bo`lsada yigitlarga rahmat aytaman. Ular bor kuchlarini ishga solib harakat qilishdi. Shuning evaziga safarda 1 ochkoni qo`lga kiritdik. Bizni qo`llab-quvvatlagan muxlislarga o`z minnatdorchiligimni bildirib qolaman", - dedi mutaxasiss.
-