Coca-Cola Superligasi 3-turidan o`rin olgan AGMK – “Bunyodkor” (2:0) bahsidan so`ng mehmonlar ustozi Vadim Abramov uchrashuv borasidagi o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
“Bugun 0:2 hisobida mag`lub bo`ldik. AGMK jamoasi g`alabani ko`proq istadi. Ular ilk daqiqalardan maydonga yuqori kayfiyatda tushgani ko`rindi. Biz tushunarsiz gollar o`tkazib yubordik. Futbolchilarimda ishtiyoq ko`rinmadi. Hisob 2:0 ko`rinishini olgach agressivlikni oshirdik”, – dedi Abramov.
AGMK matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi