Mirjalol Qosimov: G`alabadan xursandman

Coca-Cola Superligasi 3-turidan o`rin olgan AGMK – “Bunyodkor” (2:0) bahsidan so`ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov uchrashuv borasidagi o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

“Bugun maydonda bir-biriga munosib bo`lgan ikki jamoa harakat qilishdi. Qiziqarli, shiddatli, kurashlarga boy bahs bo`ldi. Bizni qo`llab-quvvatlagan muxlislarga va shijoat bilan o`yin ko`rsatgan yigitlarga rahmat aytaman.

Birinchi va ikkinchi turda ilk daqiqalardan bunday o`yin ko`rsata olmayotgan edik. Hozirgi futbolda fikrlash, texnika ikkinchi o`ringa tushgan. Bugungi kunda hamma  futbol o`ynashni o`rganib olishgan. Avvalo shijoat, intilish, harakat qilish kerak. G`alabadan xursandman”, – dedi Qosimov.

AGMK matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi

mib
uzcard
cola
apex
bmb