Bahrom Haydarov: "Surxon" hali o`z so`zini aytadi

Coca-Cola Superligasi 3-turidan o`rin olgan “Surxon” – “Nasaf” (1:2) bahsidan so`ng mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov uchrashuv borasidagi o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

“Nasaf” yaxshi futbolchilarga ega bo`lgan jamoa. Raqib to`pni yaxshi nazorat qilardi. Qarshi hujum borasida eng kuchli jamoalardan biri sanaladi. Bellashuvni yaxshi boshlagan edik. So`ng birinchi bo`limda raqib ustunlikni qo`lga oldi. Rikoshet vaziyatdan so`ng yuzaga kelgan gol yigitlarning ruhiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatdi.

Ikkinchi bo`limda hisobni tenglashtirishga erishdik. Qarshi hujumdan so`ng o`tkazib yuborilgan gol bois yana bellashuvning borishi o`zgardi. Bugun g`alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Chunki, goldan so`ng qarshi hujumni o`tkazib yubormasak yaxshi o`yin ketayotgan edi.

“Surxon” jamoasida yaxshi futbolchilar yig`ilgan. Ular hali o`z so`zini aytishadi. Mag`lubiyatdan xulosa chiqarib, kelgusi bellashuvlarda g`alaba qozonishga harakat qilish kerak”, – dedi Haydarov.

“Surxon” matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi

mib
uzcard
cola
apex
bmb