Coca-Cola Superligasi 3-turidan o`rin olgan “Surxon” – “Nasaf” (1:2) bahsidan so`ng mehmonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev uchrashuv borasidagi o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
“Bugun kuchli jamoaga qarshi bahs olib bordik. Qolaversa, ular o`z maydonida harakat qilishdi. Raqibni yaxshi o`rgangan edik. “Surxon” uzun paslar bilan o`ynashini va standart vaziyatlardan yaxshi foydalana olishini bilar edik. Bunga tayyor edik.
Yigitlar diqqat-e`tiboni yo`qotmasdan o`ynashdi. Ko`p vaziyatlar yaratdik, faqat ikkitasidan foydalana oldik. Asosiysi, kuchli raqib maydonida 3 ochkoga ega bo`ldik” – dedi Berdiev.
“Surxon” matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi