Coca-Cola Superliga 2-turidan o`rin olgan “Nasaf” – “Andijon” (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
“O`ylagan rejalarimiz o`xshamadi.”Nasaf” g`alabaga loyiq edi. Bugun deyarli hujum qilmadik. To`p bizda bo`lgan vaqtda ham juda sekin harakat qildik. Umuman olganda “Nasaf” bellashuvda to`liq ustunlikka erishdi. “Navbahor”ga qarshi o`yinga tayyorgarlik ko`ramiz”, – dedi Xomyakov.